24/08/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyul oylari yakuni boʻyicha viloyatning tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 358,4 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 2020 - yilning mos davriga nisbatan 105,9 mln. AQSh dollariga yoki 41,9 % ga koʻpaygan.

 Shundan:

  • eksport hajmi 123,6 mln. AQSh dollarni (18,3 % ga koʻpaygan),
  • import hajmi 234,8 mln. AQSh dollarni (58,7 % ga koʻpaygan) tashkil etdi.

Ma’lumot uchun: Viloyatimiz tashqi iqtisodiy faoliyat boʻyicha jahonning 83 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda.

                                                                       Axborot xizmati