24/08/2021

 Xorazm viloyati statistika boshqarmasining  ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning  1- avgust holatiga viloyatda faoliyat ko‘rsatuvchi sanoat korxonalari soni 2020- yilning mos davriga nisbatan 22,3 % ga oshgan va 4 033 tani tashkil qilgan.

 Iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra sanoat korxonalarining tarkibi:

  • ishlab chiqarish (qayta ishlash) sanoati korxonalari – 3 947 ta,
  • tog‘-kon va ochiq konlarni ishlash sanoati korxonalari – 18 ta,
  • elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash sanoati korxonalari – 20 ta,
  • suv bilan ta'minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish sanoati korxonalari – 48 ta.

Ma’lumot uchun: 2021- yilning yanvar-iyul oylarida viloyatda faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari tomonidan umumiy hajmi 6 330,4 mlrd.so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

                                                              Axborot xizmati