24/08/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasining  ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning  1- avgust holatiga viloyatda  savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning umumiy sonida eng katta – 28,7 % ulush savdo tashkilotlari hissasiga to‘g‘ri kelib, hisobot davrida ularning soni  6 858 tani tashkil qilgan.

Savdo sohasida:

 kichik tadbirkorlik subyektlarining soni – 6 836 ta (2020 yilning shu davriga nisbatan 22,7 % ga oshgan),

oilaviy korxonalar soni – 1 255 ta (36,7 %),

xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni – 43 ta (36,7%),

xususiy korxonalar soni – 2 137 ta (11,9 %).

  Ma’lumot uchun: joriy yilning 7 oyi davomida  viloyatda savdo korxonalari tomonidan qiymati 1 174,5 mlrd.so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan.

                        

   Axborot xizmati