2023- yilda o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rishda targ‘ibot ishlarini samarali tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Tuman (shahar) statistika bo‘limi mutaxassislari barcha idora va tashkilotlarda targ‘ibot tadbirlarini uzluksiz o‘tkazib kelmoqdalar.
Bugun, 24- avgust kuni navbatdagi targ‘ibot tadbirlari Xonqa tumanidagi “Shirin” MFY hamda tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limida, Urganch shahridagi Viloyat qon quyish markazida, Hazorasp tumani chorvachilik bo‘limida, Bog‘ot tumanidagi “Vatanparvar” tashkilotida, Xiva shahridagi “Binokor” hamda “Gulirayhon”, Tuproqqal’a tumanidagi “Pastom”, Urganch tumanidagi “Oyoqbog‘” MFY larida, Yangiariq tumani MTT lari buxgalteriya bo‘limi va tuman pensiya jamg‘armasida, Xiva tumani adliya bo‘limida tashkil etildi.
Uchrashuvlar davomida asosiy e’tibor o‘tkazilishi belgilangan muhim tadbirda keng jamoatchilikning faol ishtirokini ta’minlash masalalariga qaratildi.
Shu qatorda tadbirni o‘tkazish mexanizmlari, usul va vositalari xususida savol-javob tarzida suhbatlashilib, aholini ro‘yxatga olishning maqsad va vazifalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 - yil 11- noyabrdagi 710-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” gi Nizomning asosiy qoidalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.
Axborot xizmati