Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyul oylarida viloyatda 2 685 ta yangi korxona va tashkilot tashkil etilgan va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 83,3 % ga teng bo‘lgan.
? Hududlar bo‘yicha yangi tashkil etilgan korxonalar soni:
- Urganch shahri – 515 ta,
- Urganch tumani – 305 ta,
- Hazorasp tumani – 254 ta,
- Xiva shahri – 212 ta,
- Xonqa tumani – 206 ta,
- Bog‘ot tumani – 204 ta,
- Qo‘shko‘pir tumani – 157 ta,
- Gurlan tumani – 144 ta,
- Shovot tumani – 143 ta,
- Yangibozor tumani – 125 ta,
- Yangiariq tumani – 104 ta,
- Tuproqqal’a tumani – 82 ta.
Axborot xizmati