23/08/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasining  ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning  1- avgust holatiga viloyatda tashish va saqlash sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 785 tani tashkil qilgan.

? 2020- yilning shu davriga nisbatan ularning soni 13,1 % ga yoki 91 taga oshgan.

✅   Sohada faoliyat ko‘rsatayotgan 776 ta kichik tadbirkorlik subyektlarining 634 tasi mikrofirma, 142 tasi kichik korxona  hisoblanadi.

✅   Hisobot  davrida  viloyatda 112 ta xususiy korxona tashish va saqlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullangan.

                           Axborot xizmati