23/08/2021

2023- yilda o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rishda  targ‘ibot ishlarini samarali tashkil etish muhim ahamiyatga ega. 

Respublikamizda  tanlab olingan  4 ta hududda, shu qatorida Xiva shahrida ham sinov tariqasida o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish tadbirining boshlanishiga 69 kun qoldi.

Shu munosabat bilan shahar Aholini ro‘yxatga olish bo‘limi mutaxassislari barcha idora va tashkilotlarda targ‘ibot tadbirlarini uzluksiz o‘tkazib kelmoqdalar.

Bugun, 23- avgust kuni   navbatdagi targ‘ibot tadbirlari  shahar majaniyat bo‘limi xodimlari ishtirokida tashkil etildi. Uchrashuv davomida asosiy e’tibor o‘tkazilishi belgilangan muhim tadbirda keng jamoatchilikning  faol ishtirokini ta’minlash masalalariga qaratildi. Shu qatorda tadbirni  o‘tkazish mexanizmlari, usul va vositalari xususida savol-javob tarzida suhbatlashilib, aholini ro‘yxatga olishning maqsad va vazifalari hamda  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 - yil 11- noyabrdagi 710-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2023-  yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” gi Nizomning asosiy qoidalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.

 

                                                                                Axborot xizmati