20/08/2021

Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati tomonidan  respublikamizning barcha hududlarida sayyor qabullar tashkil etilib kelinmoqda.  Joriy yilning 20- avgust kuni  Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumani hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Zohidjon Murodovich Ziyaev  ishtirokida  navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Xorazm viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati, barcha tarmoq bo‘lim boshliqlari hamda hududiy bo‘limlarning boshliqlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va ularning vakillari ishtirok etdilar.

Ochiq muloqot shaklida bo‘lib o‘tgan   sayyor qabulda viloyatda faoliyat yuritib kelayotgan barcha yuridik shaxslarning  davlat statistika hisobotlarining yangi tartibdagi eStat 4.0 avtomatlashtirilgan axborot tizimi  orqali topshirilish jarayoni va shu bilan bog‘liq ko‘plab savollariga javoblar berilishi barobarida, mavjud muammolar va ularning echimi yuzasidan takliflar bildirildi.

Shuningdek, tadbir davomida statistika tizimidagi yangiliklar, xususan, joriy yilning 11- avgustida  qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonunining  mazmun-mohiyati  xususida batafsil ma’lumot berib o‘tildi.

       Tadbirda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. 

                                                                                Axborot xizmati