17/08/2021

Respublikamizda 2021- yilning yanvar-iyun oylarida 34 318,6 mln. kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 2 875,4 mln. kVt soatga oshgan holda, o‘sish sur'ati 109,1 foizni tashkil etgan.

Ma'lumot o‘rnida, elektr energiyasi ishlab chiqarish 2021 yilning:

  • yanvar oyida 6 427,7 kVt soat (o‘sish sur'ati 106,0 foiz);
  • yanvar-fevral oylarida 11 951,4kVt soat (104,3 foiz);
  • yanvar-mart oylarida 17 987,4 kVt soat (106,1 foiz);
  • yanvar-aprel oylarida 23 528,4kVt soat (108,5 foiz);
  • yanvar-may oylarida 28 809,1kVt soat (109,1 foiz)ni tashkil etdi.

Jami elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining jami hajmida Sirdaryo viloyati 23,5 %, Toshkent viloyati 22,2 %, Qashqadaryo viloyati 19,5 % hamda Navoiy viloyati 15,8 % ulushga ega.

Matbuot xizmati