O‘zbekiston 2021- yilning yanvar-iyun oylarida 57 ta xorijiy davlatga qiymati 1,3 mlrd. AQSh dollariga teng bo‘lgan to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan. Bu 2020- yilning mos davriga nisbatan 523,2 mln. AQSh dollariga oshgan.
2021- yilning 6 oyida O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlarini eng ko‘p eksport qilgan davlatlar (AQSh dollarida):
Rossiya – 434,5 mln.
Xitoy – 337,8 mln.
Qirg‘iz R. – 177,7 mln.
Turkiya – 176,0 mln.
Polsha – 30,6 mln.
Pokiston – 30,5 mln.
Ukraina – 22,4 mln.
Eron – 21,7 mln.
Qozog‘iston – 21,6 mln.
Misr – 13,9 mln.
Italiya – 12,9 mln.
Ozarbayjon – 9,1 mln. AQSh dollari
Matbuot xizmati