16/08/2021

“Open data Inception” ma’lumotiga ko‘ra, jahon mamlakatlari orasida O‘zbekiston ochiq ma’lumotlar manbalari soni bo‘yicha jahonda 5-o‘rinni egalladi

 O‘zbekiston 99 ta ochiq ma’lumotlar manbalari bilan reytingda AQSh, Ispaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya keyingi pog‘onani band etgan.  

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Open Data Inventory (ODIN) 2020/2021- ochiq ma’lumotlar reytingida 63 ball to‘plagan holda reytingda 125 pog‘onaga ko‘tarilib, dunyoda 44-o‘rinni va Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni egallagandi (https://t.me/statistika_rasmiy/670).

Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Elektron hukumat kuzatuvi 2020”da “Ochiq davlat ma’lumotlari indeksi” bo‘yicha O‘zbekiston eng yuqori  ko‘rsatkichga ega bo‘lgan jahonning 41 ta mamlakati orasidan joy oldi.

Mamlakatimiz Jahon bankining “Statistika salohiyati indeksi”da maksimal 100 balldan 67,8 ballni qo‘lga kiritib, reytingda 61 o‘rinni egallagan.

Manba : https://t.me/statistika_rasmiy