Xorazm viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-iyun oylarida viloyatda asosiy kapitalga 3 712,7 mlrd.so‘m investitsiya o‘zlashtirilgan va 2020- yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 141,0 % ni tashkil qilgan. Shundan markazlashgan investitsiyalar hajmi 393,0 mlrd.so‘mga yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 10,6 % ga teng bo‘lgan.
Markazlashgan investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari ?:
- Davlat byudjeti mablag‘lari – 227,4 mlrd.so‘m (jamiga nisbatan ulushi 6,1 %),
- Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari – 123,4 mlrd.so‘m (0,9 %),
- Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi – 123,4 mlrd.so‘m (3,3 %),
- O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi chet el kreditlari – 10,4 mlrd.so‘m (0,3 %).
Axborot xizmati