2023- yilda o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rishda targ‘ibot ishlarini samarali tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa targ‘ibot ishlarining mahalla faollari va fuqarolari ishtirokida tashkil etilayotgani katta ahamiyat kasb etmoqda. Boisi, belgilangan ro‘yxatga olish tadbirlarining asosiy qismi aynan aholi yashash punktlari kesimida o‘tkaziladi.
Bugun, 16- avgust kuni navbatdagi targ‘ibot tadbiri Urganch tumanidagi “Hilol” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib o‘tdi.Tuman statistika bo‘limi mutaxassisi K.Otaniyozov tomonidan mahalla faollariga aholini ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish, tadbirning maqsad va vazifalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 - yil 11- noyabrdagi 710-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” gi Nizomning asosiy qoidalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.
Axborot xizmati