O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 2- apreldagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5048-sonli qaroriga asosan Xorazm viloyati bo‘yicha ijtimoiy-iqtisodiy holati eng og‘ir bo‘lgan 26 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Dastur doirasida jami 345,6 mlrd.so‘m mablag‘ ajratilib, shundan,
Respublika byudjetidan 169,4 mlrd. so‘m,
mahalliy byudjetdan 54,8 mlrd. so‘m,
tarmoq korxonalari tomonidan 24,3 mlrd. so‘m,
aholi, tadbirkor va homiylar hisobidan 64,3 mlrd. so‘m,
bank kreditlari hisobidan 32,8 mlrd. so‘m mablag‘lar o‘zlashtirilishi belgilangan.
Bugungi kunda barcha manbalar hisobidan 217,1 mlrd. so‘mlik qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari bajarilgan.
Manba: https://t.me/xorazm_uz_rasmiy