Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasida aloqa va axborotlashtirish sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 7 318,1 mlrd. so‘mni tashkil etgan.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur'ati 119,4 % ga teng.
Hududlar kesimida aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining o‘sish sur'ati:
Qoraqalpog‘iston R. – 16,3 %
Andijon – 12,0 %
Buxoro – 16,5 %
Jizzax – 16,0 %
Qashqadaryo – 19,9 %
Navoiy – 15,6 %
Namangan – 7,4 %
Samarqand – 14,8 %
Surxondaryo – 20,6 %
Sirdaryo – 23,9 %
Toshkent – 35,3 %
Farg‘ona – 16,0 %
Xorazm – 20,4 %
Toshkent sh. – 21,0 %
Matbuot xizmati