Xorazm viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatda ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmi 3 897,6 mlrd. so‘mni tashkil etib, aholi jon boshiga 2 052,7 ming so‘mga teng bo‘lgan. 2020- yilning shu davriga nisbatan aholi jon boshiga xizmatlar hajmining o‘sish sur’ati 118,4 % ni yoki 474,0 ming so‘mni tashkil qilgan.
? Hududlar kesimida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining o‘sish sur’atlari:
- Xiva shahrida – 141,6 %,
- Tuproqqal’a tumani – 122,7 %,
- Yangibozor tumani – 122,6 %,
- Xiva tumani – 119,2 %,
- Urganch shahri – 118,2 %
- Bog‘ot tumani – 117,7 %,
- Shovot tumani – 116,8 %,
- Urganch tumani – 116,5 %,
- Gurlan tumani – 114,9 %,
- Yangiariq tumani – 114,9 %,
- Xonqa tumani – 113,4 %,
- Hazorasp tumani – 113,0 %,
- Qo‘shko‘pir tumani – 112,8 %.
Axborot xizmati