Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1– avgust holatiga viloyatda davlat ro‘yxatidan o‘tgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 25 494 tani tashkil qilgan, shundan 23 867 tasi faoliyat ko‘rsatmoqda.
2020- yilning mos davriga nisbatan ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni 3 126 taga yoki 12,3 % ga, faoliyat ko‘rsatayotganlarning soni 3 514 ta (14,7 %) ga oshgan.
Hisobot davrida viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning 20 691 tasini kichik tadbirkorlik subyektlari tashkil qilgan va ularning jami korxonalar sonidagi ulushi 86,7 % ga teng bo‘lgan. Joriy yilning yanvar-iyulida 2 586 ta kichik korxona va mikrofirma yangi tashkil etilgan.
Axborot xizmati