Xorazm viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- iyul holatiga viloyatda 16 548 ta tug‘ilish holatlari qayd etilib, 2020- yilning shu davriga nisbatan 684 taga ko‘paygan. O‘lim holatlarining soni joriy yilning 6 oyida 4 324 tani tashkil qilgan (406 taga ko‘paygan). Hisobot davrida viloyat bo‘yicha tabiiy o‘sish ( tug‘ilganlar soni bilan o‘lganlar soni o‘rtasidagi farq) ko‘rsatkichi 12 224 kishini yoki har 1000 aholiga 13,0 promilleni tashkil etgan.
Taqqoslash uchun: 2020- yilning 1- iyul holatiga viloyatda 15 867 ta tug‘ilish, 3 918 ta o‘lim holatlari qayd etilgan bo‘lib, tabiiy o‘sish 11 949 kishini tashkil qilgan.
Axborot xizmati