12/08/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida  viloyatda hajmi 315,6 mlrd.so‘mlik fuqarolik obyektlari qurilishi amalga oshirilgan va jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 19,2 % ga teng bo‘lgan.

Joriy yilning o‘tgan 6 oyida hududlar kesimida bajarilgan fuqarolik obyektlari qurilish hajmi:

  • Urganch shahri – 108,2 mlrd.so‘m,
  • Urganch tumani – 38,2 mlrd.so‘m,
  • Xiva tumani – 32,8 mlrd.so‘m,
  • Xiva shahri – 27,8 mlrd.so‘m,
  • Tuproqqal’a tumani – 25,9 mlrd.so‘m,
  • Bog‘ot tumani – 18,6 mlrd.so‘m,
  • Qo‘shko‘pir tumani – 16,5 mlrd.so‘m,
  • Xonqa tumani – 12,4 mlrd.so‘m,
  • Yangibozor tumani – 10,8 mlrd.so‘m,
  • Shovot tumani – 7,6 mlrd.so‘m,
  • Hazorasp tumani – 6,4 mlrd.so‘m,
  • Yangiariq tumani – 6,2 mlrd.so‘m,
  • Gurlan tumani -4,2 mlrd.so‘m.

 

                                                                                                          Axborot xizmati