Mamlakatimizda 2023- yilda o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rishda targ‘ibot ishlarini samarali tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Targ‘ibot ishlarining samaradorligi o‘zaro hamkorlikka bevosita bog‘liqdir. Shu boisdan, statistika idoralari xodimlari keng jamoatchilikka muhim tadbirning mohiyatini etkazishda mahalla fuqarolar yig‘inlari faollari bilan birgalikda ish olib bormoqdalar. Joriy yilning 11-12- avgust kunlari Urganch shahridagi “Feruz”, Bog‘ot tumanidagi “Oq oltin”, Tuproqqal’a tumanidagi “Shixlar”, Urganch tumanidagi “Mevazor”, Shovot tumanidagi “Qunduz” mahalla fuqarolar yig‘inlarida ana shunday tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, Yangiariq tumani Bandlikka ko‘maklashish markazi hamda Xiva tumani hokimligi qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyot aholini ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazishga bag‘ishlangan uchrashuv va seminarlar tashkil etildi.
O‘tkazilgan tadbirlarda statistika idoralari mutaxassislari tomonidan aholini ro‘yxatga olishning maqsad va vazifalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 - yil 11- noyabrdagi 710-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” gi Nizomning asosiy qoidalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.
Axborot xizmati