11/08/2021

Davlatimiz rahbari boshchiligida 2020- yilning 1- iyun kuni milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi. Ushbu topshiriqning ijrosini ta’minlash va shu orqali tizimda ish samaradorligiga erishish maqsadida Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan joriy yilning 10- avgust kuni hududiy statistika boshqarmalari, tuman (shahar) statistika bo‘limlari xodimlari uchun  statistika sohalari bo‘yicha iqtisodiy o‘qishlar o‘tkazila boshlangani haqida xabar bergan edik.

Bugun, 11- avgust kuni o‘quv seminari hududiy boshqarmaning Narx statistikasi bo‘limi xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan seminarda  tarmoq bo‘lim xodimlarining narxlar statistikasiga oid atamalar, iste’mol narxlari indekslarini hisoblash usullari, ishlab chiqarish narxlari indekslarini, jumladan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulot narxlari, qurilish korxonalari tomonidan xarid qilinadigan mahsulotlar narxlari, transport va aloqa korxonalari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar narxlari hamda eksport-import va uy-joy bozoridagi narxlarni hisoblash usullari, tanlanma kuzatuvlarni olib borishda planshetlardan foydalanish bo‘yicha bilim va malakalari savol-javob usulida o‘rganildi.

Kunning 2- yarmida tarmoq bo‘limi xodimlari tomonidan tuman (shahar) statistika bo‘limlari barcha xodimlarining  narx kuzatuvlarini tashkil etish bo‘yicha iqtisodiy bilim va malakasini baholash bo‘yicha o‘quv-seminar  tashkil etildi.  “Iqtisodiy o‘qish va o‘qitish” tamoyili asosida, tizim xodimlarining bilim va kasbiy malakalarini oshirish maqsadida tashkil qilingan seminar o‘z ishini davom qildiradi.

    

 

                                                                Axborot xizmati