11/08/2021

  Xorazm viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra,2021- yilning yanvar-iyun oylarida FHDYo organlarida 7 714 ta nikoh qayd etilgan va 1 000 aholiga nisbatan 8,2 ta nikoh to‘g‘ri kelgan (nikoh koeffitsienti 8,2 promille).

  Taqqoslash uchun: 2020- yilning mos davrida nikohlar soni 6 000 tani, nikoh koeffitsienti 6,4  promilleni tashkil qilgan.

 Hisobot davrida hududlar bo‘yicha eng ko‘p nikoh Xonqa (938 ta),Urganch (826 ta) hamda Hazorasp (787 ta) tumanlarida qayd etilgan.

                                                                                                          Axborot xizmati