11/08/2021

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasida aholi jon boshiga hisoblangan yalpi ichki mahsulot hajmi 9 175,4 ming so‘mni tashkil etdi.

 Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,2 % ga o‘sdi.

 Aholi jon boshiga hisoblangan YaHM (joriy narxlarda, ming so‘m)

Qoraqalpog‘iston R. – 5 868

Andijon – 5 746

Buxoro – 8 355

Jizzax – 6 262

Qashqadaryo – 5 773

Navoiy – 26 025

Namangan – 4 915

Samarqand – 5 308

Surxondaryo – 5 022

Sirdaryo – 7 717

Toshkent – 11 903

Farg‘ona – 5 266

Xorazm – 5 814

Toshkent sh. – 20 580

                                                                                              Matbuot xizmati