Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1– iyul holatiga viloyatda boqilayotgan parrandalarning umumiy bosh soni 6 144,9 mingtaga yetgan.
2020– yilning mos davri bilan solishtirilganda barcha toifadagi xo‘jaliklarda parrandalar bosh soni – 435,9 mingtaga (7,6%) ko‘paygan.
Xo‘jalik toifalari bo‘yicha jami parrandalarning 62,6 % dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelishi qayd etilgan.
Hududlar kesimida boqilayotgan parrandalar soni:
- Urganch tumani – 1 029,8 mingta,
- Xonqa tumani – 872,5 mingta,
- Bog‘ot tumani – 674,1 mingta,
- Qo‘shko‘pir tumani – 671,3 mingta,
- Gurlan tumani – 529,0 mingta,
- Shovot tumani – 494,9 mingta,
- Yangiariq tumani – 455,3 mingta,
- Yangibozor tumani – 440,4 mingta,
- Xiva tumani – 407,4 mingta,
- Hazorasp tumani – 367,7 mingta,
- Tuproqqal’a tumani – 104,6 mingta,
- Urganch shahri – 61,9 mingta,
- Xiva shahri – 36,0 mingta.
Axborot xizmati