Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatning 11 ta hududlarida (Urganch va Xiva tumanlaridan tashqari) joylashgan dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvlari o‘tkazildi. Kuzatuvlar natijalariga ko‘ra, umumiy savdo aylanmasi hajmi 343,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bunda asosiy yirik hajm yangi uzilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosiga (132,4 mlrd. so‘m) to‘g‘ri keldi.
Tahlillarga ko‘ra, joriy yilning iyun oyida dehqon bozorlarida uyushmagan savdo tovar aylanmasi hajmi 66,8 mlrd. so‘mga, shundan yangi uzilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari savdosi hajmi 22,6 mlrd.so‘mga teng bo‘lgan.
Axborot xizmati