10/08/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 6 oyida viloyatda 556,7 ming tonna sut yetishtirilgan, 2020- yilning mos davri bilan taqqoslaganda o‘sish sur’ati 100,5 % ni tashkil qilgan.

? Yetishtirilgan mahsulot hajmining  xo‘jalik toifalari bo‘yicha taqsimlanishi:

  • Dehqon (aholining shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari – 535,3 ming t.,
  • Fermer xo‘jaliklari – 19,5 ming tonna,
  • Qishloq xo‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar – 1,9 ming t.

✅ Ma’lumot uchun: hududlar bo‘yicha sut yetishtirishda eng yuqori ko‘rastkich Urganch tumani (68,1 ming), Hazorasp tumani (66,7 ming), Xonqa tumani (61,0 ming) va Gurlan tumanida (60,2 ming) qayd etilgan. Eng past ko‘rsatkich Urganch shahri (2,7 ming), Xiva shahri (3,4 ming) hamda Tuproqqal’a tumanida (12,3 ming) kuzatilgan.

 

                                                                                                          Axborot xizmati