O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2021- yilning 9- avgustidagi topshirig‘iga asosan, Xorazm viloyati statistika boshqarmasi, tuman (shahar) statistika bo‘limlari xodimlari uchun statistika sohalari bo‘yicha iqtisodiy o‘qishlar o‘tkazish belgilandi.
O‘quv seminarlari bugun, 10- avgustdan e’tiboran onlayn shaklda tashkil qilindi. Hududiy boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari U. Bardiev, Statistik registrlar bo‘limi bosh mutaxassisi R. Gulliev, bo‘lim xodimlari ishtirok etgan seminarning ilk ish kunida qo‘mitaning tegishli boshqarma mutaxaxassislari tomonidan bevosita ish faoliyatiga taalluqli bo‘lgan korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritish va unda qatnashadigan tashkilotlarning funksiyalari, KTYADR ni yuritishda foydalanuvchilarga axborot-ma’lumotnoma xizmati ko‘rsatish tartibiga oid masalalar bo‘yicha savol-javob o‘tkazildi.
? O‘zaro ochiq muloqot va tajriba almashish natijasida olingan bilim va ko‘nikmalar asosida ish kunining 2- yarmida hududiy boshqarmaning Statistik registrlar bo‘limi xodimlari tomonidan tuman (shahar) statistika bo‘limlari barcha xodimlarining iqtisodiy bilim va malakasini baholash bo‘yicha o‘quv-seminar tashkil etildi. “Iqtisodiy o‘qish va o‘qitish” tamoyili asosida, tizim xodimlarining bilim va kasbiy malakalarini oshirish maqsadida tashkil qilingan seminar o‘z ishini davom qildiradi.
Axborot xizmati