Xorazm viloyatida gaz-porshenli elektr stansiyasini qurish haqidagi Prezident qarori imzolandi.
Unga ko‘ra:
Turkiyaning «Hidro Enerji Elektrik Uretim Sanayi A.Ş.» kompaniyasi Xorazm viloyatida quvvati 174 MVt bo‘lgan gaz-porshenli elektr stansiyasini qurish investitsiya loyihasini amalga oshiradi;
Bunga 105 mln AQSh dollari miqdorida investitsiya jalb etiladi;
Turkiya kompaniyasi elektr stansiyasini loyihalashtiradi, moliyalashtiradi, quradi va 25 yil davomida ekspluatatsiya qiladi;
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ 25 yil davomida elektr energiyasini kafolatlangan tarzda xarid qilish majburiyatini oladi va elektr energiyasi uchun to‘lovni milliy valyutada amalga oshiradi.