Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatda 5 444,7 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, shundan 2 490,9 mlrd. so‘mini yoki 61,7 % ni nooziq-ovqat mahsulotlari tashkil qilgan. 2020- yilning mos davriga nisbatan viloyatda nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 7,9 % ga oshgan.
Hisobot davrida Tuproqqal’a tumani viloyatda ishlab chiqarilgan nooziq-ovqat mahsulotlari hajmidagi eng yuqori 81,4 % ulushga ega bo‘lgan. Keyingi o‘rinlarda yuqori ulush Urganch shahri (6,8 %), Xonqa tumani ( 2,3 %) va Urganch tumani (1,5 %) hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Axborot xizmati