Mamlakatimizda 2023- yilda o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rishda targ‘ibot ishlarini samarali tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Shu kunlarda viloyatimizning barcha hududlarida faoliyat yuritib kelayotgan idora va tashkilotlarda statistika idoralari xodimlari tadbirga bag‘ishlangan qizg‘in targ‘ibot ishlarini olib bormoqdalar. Bugun, 10- avgust kuni “Mikrokredit bank” ATB Urganch tumani filialida, Qo‘shko‘pir tumani “G‘alaba” mahalla fuqarolar yig‘inida hamda “Iqbol” MChJ klinikasida, Xiva shahridagi “Xiva shifo” tibbiyot markazida va Tuproqqal’a tumani notarial idorasida fuqarolar o‘rtasida aholini ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazishga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.
O‘tkazilgan tadbirlarda statistika idoralari mutaxassislari tomonidan aholini ro‘yxatga olishning maqsad va vazifalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 - yil 11- noyabrdagi 710-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” gi Nizomning asosiy qoidalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.
Axborot xizmati