Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatda asosiy kapitalga 1 135,2 mlrd.so‘m xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirilib (dollar ekvivalentida 108,1 mln. AQSh doll.), o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 115,7 % tashkil qildi.
Xorijiy investitsiyalar va kreditlarning umumiy tarkibida xorijiy investitsiyalar 142,8 mlrd. so‘mni , xorijiy kreditlar 992,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Hududlar bo‘yicha xorijiy investitsiya va kreditlarning eng katta ulushi Shovot tumaniga to‘g‘ri kelib, jami xorijiy investitsiya va kreditlardagi ulushi 10,9 % ni ta’minladi, Xonqa tumanida 10,6 %, Tuproqqal’a tumanida 8,7 % kuzatildi.
Axborot xizmati