09/08/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 86,6 mlrd. so‘mlik (jami qurilish ishlaridagi ulushi 5,3 %), nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan esa 1 555,3 mlrd. so‘mlik (94,7 %) qurilish ishlari bajarilgan.

 Tahlillarga ko‘ra, viloyatning Xiva hamda Gurlan tumanida bajarilgan qurilish ishlarining 100 % nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan.

Davlat mulkchiligidagi qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining  viloyatdagi ulushi (5,3 %) dan yuqori ko‘rsatkich  Hazorasp tumani (9,6 %), Tuproqqal’a tumani (8,9 %) hamda Urganch shahrida (8,5%) qayd etilgan.

 

                                                                                                          Axborot xizmati