09/08/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra,  2021- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatning import hajmi 189,3 mln. AQSh dollarini tashkil etib,2020-yilning mos davriga nisbatan 67,6 mln. AQSh dollariga  yoki 55,5 % ga koʻpaygan.

 Import tarkibida eng katta ulushga ega mahsulotlar :

  • oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar- 39,6 %,
  • mashinalar va transport asbob-uskunalari - 27,7 %,
  • turli xil tayyor buyumlar- 14,9 %,
  • nooziq-ovqat xomashyo (yoqilgʻidan tashqari)- 6,9 %.

 

 

                                                                                        Axborot xizmati