06/08/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-  yilning yanvar-iyunida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalarning soni 20 587 ta bo‘lib, kichik tadbirkorlik subyektlarining soni  har 1000 aholiga 13,6 birlikni tashkil qilgan .

 Bu ko‘rsatkich 2019-2021-  yillarning 6 oyi holatiga :

  • 2019- yilda – 10,5 birlikni,
  • 2020- yilda – 11,8 birlikni,
  • 2021- yilda – 13,6 birlikni tashkil qilgan.

  Hududlar bo‘yicha eng yuqori  ko‘rsatkich Urganch shahrida 30,8 birlik, Xiva shahrida 20,3 birlik, Yangibozor tumanida 16,9 birlik,  Urganch tumanida 15,3 birlik, Tuproqqal'a va Yangiariq tumanlarida 13,8 birlikni tashkil etgan.  Past ko‘rsatkich Hazorasp  tumanida qayd etilgan - 8,0 birlik.

                                                                       Axborot xizmati