05/08/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 8,0 ming tonna poliz mahsulotlari yetishtirilgan. Ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari tahlil qilinganda, poliz mahsulotlari yetishtirishning umumiy hajmidan 71,4 % dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelgani kuzatilgan.

 Hududlar kesimida poliz mahsulotlari yetishtirish hajmi:

  • Xonqa tumani – 2 372 tonna,
  • Urganch tumani – 1 040 tonna,
  • Qo‘shko‘pir tumani – 1 024 tonna,
  • Hazorasp tumani – 766 tonna,
  • Yangiariq tumani – 521 tonna,
  • Tuproqqal’a tumani – 505 tonna,
  • Yangibozor tumani – 471 tonna,
  • Shоvot tumani – 396 tonna,
  • Gurlan tumani – 387 tonna,
  • Bog‘ot tumani – 277 tonna,
  • Xiva tumani – 224 tonna,
  • Urganch shahri – 29 tonna.

 

                                     Axborot xizmati