05/08/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatda umumiy hajmi 3 712,7 mlrd.so‘mlik asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, 2020 -yilning mos davriga nisbatan 141,0 % ga ko‘paygan. Shundan markazlashmagan investitsiyalar  hajmi  3 319,7 mlrd.so‘mni yoki jami investitsiyalarning 89,4 % ni tashkil qilgan.

?  Asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan markazlashmagan investitsiyalar tarkibi:

  • Korxona mablag‘lari – 881,8 mlrd.so‘m,
  • Aholi mablag‘lari – 567,3 mlrd.so‘m,
  • To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar – 1 124,9 mlrd.so‘m,
  • Tijorat kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari – 745, 8 mlrd.so‘m.

 ✅    Ma’lumot uchun: 2021- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasida 103,1 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, ularning 62,9 % yoki 64,8 trln. so‘mi jalb etilgan mablag‘lar hisobidan hamda korxona, tashkilotlar va aholining o‘z mablag‘lari hisobidan 37,1 % yoki 38,3 trln. so‘m moliyalashtirildi.

                                                                         Axborot xizmati