Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2021- yilning yanvar-iyun oylari davomida qiymati 50,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 69,0 ming tonna pomidor eksport qilgan.
Bu 2020- yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 7 ming tonnaga kam.
2021- yilning yanvar-iyun oylari davomida O‘zbekiston pomidor eksport qilgan asosiy davlatlar:
Rossiya – 36,2 ming tonna
Qozog‘iston – 19,7 ming tonna
Qirg‘iz Respublikasi – 11,0 ming tonna
Tojikiston – 1,9 ming tonna
Belarus Respublikasi – 53,6 tonna
AQSh – 20,9 tonna
Afg‘oniston – 12,0 tonna
Ukraina – 9,1 tonna
BAA – 7,7 tonna
Germaniya – 0,5 tonna
Matbuot xizmati