04/08/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida viloyat xorijga umumiy qiymati 51,9 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 46,8 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilgan. Shundan eksport qilingan qovun va tarvuzning hajmi 4,2 ming tonnani, qiymati 1,2 mln. AQSh dollarini tashkil qilgan.

Hisobot davrida respublikadan xorijga  7,4 mln. AQSh dollarlik 22,8 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilingan bo‘lib, Xorazm viloyati  jami hajmdagi eng yuqori ulush (18,4%) bilan  yetakchilik qilgan.

                                                                      Axborot xizmati