04/08/2021

 Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 6 oyi yakunlari bo‘yicha viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaliklari tomonidan ishalb chiqarilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari hajmi 856,2 mlrd.so‘mni, 2020- yilning shu davriga nisbatan 80,4 % ni tashkil qilgan.

 Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining umumiy hajmida fermer xo‘jaliklarining ulushi 12,1 % ni tashkil qilgan.

Hududlar kesimida fermer xo‘jaliklarining qishloq xo‘jaligi yalpi mahsuloti tarkibidagi ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Yangibozor tumanida (19,1 %) qayd etilgan. Eng kam ko‘rsatkich Xiva (9.1 %) va Shovot (8,5 %) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 Ma’lumot uchun: hisobot davrida viloyatda jami  5 320 ta fermer xo‘jaliklari faoliyat ko‘rsatgan.

 

                                                                Axborot xizmati