2021- yilning 24- iyun kuni MDH statistika qo‘mitasi raisi V.Sokolin va Davlat statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari M.Ziyadullaev raisligida hududiy statistika idoralari rahbarlari va xodimlari ishtirokida vebinar tashkil etildi. Videokonferensaloqa shaklida tashkil etilgan seminar kun tartibida hududlarda aholini ro‘yxatga olishga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlarining borishi masalasi muhokama etildi.
Xususan, barcha shahar va tuman xaritalari hamda aholi punktlarining kartografik chizmalarini tayyorlash bo‘yicha qilinishi kerak bo‘lgan vazifalar, shu kungacha tayyorlangan xaritalarda mahalla va ko‘chalar chegaralarini aniq va to‘g‘ri ko‘rsatish, uy xo‘jaliklarida yashovchi aholining ro‘yxatini to‘liq shakllantirishning muhimligi alohida uqtirilib, bu bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi. Seminarda viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari A.Rahimov, Ro‘yxatga olish jarayonlarinin tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i U.Matyoqubov, bo‘lim mutaxassislari hamda Xiva shahar Aholini ro‘yxatga olish bo‘limi mutaxassislari ishtirok etishdi.
Axborot xizmati