11/12/2025

Joriy yilning 10-11- dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi raisi B.S. Hamrayev Xorazm viloyatida bo‘lib, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiriga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi.

Tashrif davomida viloyat shtabi faoliyati o‘rganildi, hududlarda amalga oshirilayotgan tadbiroldi tashkiliy ishlar va mas’ul idoralar faoliyati ko‘zdan kechirildi.


Shuningdek, B.S. Hamrayev viloyatning Tuproqqal’a va Hazorasp tumanlarida bo‘lib, tuman hokimliklari bilan ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik jarayonlarini muhokama qildi. Mahallalarga chiqib, “mahalla yettiligi” xodimlari tomonidan har bir xonadonning aniq manzilli geolokatsiyasini elektron platformaga kiritish ishlarining borishi bilan tanishdi. Mas’ullar bilan ro‘yxatga olishni o‘z muddatida sifatli tarzda tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi, bu yuzasidan   idora va tashkilot rahbarlariga zarur ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Axborot xizmati