11/12/2025

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiridan keng jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida viloyatimizdagi yirik korxona va tashkilotlarda o‘quv-seminarlari, targ‘bot tadbirlari tashkil qilinmoqda.

Bugun, 11-dekabr kuni  “Xorazm suv ta’minoti” AJ da bo‘lib o‘tgan ana shunday tadbirda  ro‘yxatga olishning asosiy maqsadi, amalga oshirish tartibi va usullari xususida ma’lumotlar berildi.

Viloyat statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil qilish va o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi I.Polvonova korxona xodimlariga census.stat.uz platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish, savolnomalarni to‘g‘ri va aniq to‘ldirish bo‘yicha ma’lumotlar berdi va amaliy jarayon bilan tanishtirib o‘tdi.

 

Axborot xizmati