Viloyat avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2025-yilning yanvar-oktabr oylarida 42 330 dona maxsus yengil avtomobili ishlab chiqarildi.
O‘tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda, ishlab chiqarish hajmi 2,1 marta oshgan.
So‘nggi 5 yilda (yanvar-oktabr holatiga) maxsus yengil avtomobil ishlab chiqarish hajmi quyidagi dinamikaga ega bo‘lgan:
2021- yilda – 12 571 dona
2022- yilda – 16 403 dona
2023- yilda – 18 012 dona
2024- yilda – 20 204 dona
2025- yilda – 42 330 dona.

Axborot xizmati



