09/12/2025

2003-yil 9-dekabr kuni Meksikada BMTning korrupsiyaga qarshi konvensiyasi imzolangan. Taʼkidlash joizki, O'zbekiston tarixida ilk bor korrupsiya so‘zi Konstitutsiyada qo‘llanilib, korrupsiyaga qarshi kurashish vazifasi Bosh qomus darajasida mustahkamlandi.

Xorazm viloyati statistika boshqarmasida bugun, 9- dekabr kuni  Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bagishlangan “Biz korrupsiyaga qarshimiz!” mavzusida seminar tashkil etildi.
Boshqarmada bo‘lib o‘tgan seminarda bosh yuriskonsult I.Otajonov iqtisodiy-ijtimoiy hayotimizda turli xildagi salbiy holatlarga sabab bo‘layotgan korrupsiyaning kelib chiqish sabablari va uni oldini olishda har birimiz bilishimiz kerak bo‘lgan jihatlarga to‘xtalib o‘tdi.

Axborot xizmati