5- dekabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida 8- dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda bosh yuriskonsult I.Otajonov ma’ruza bilan chiqish qilib, Konstitutsiya va qonunlarning davlatchilik negizlarining mustahkamligida tutgan o‘rni va roli, mamlakatimizning Asosiy Qonuniga kiritilgan o‘zgarish va qo‘shimchalar xususida to‘xtalib o‘tdi.
Har bir davlatning huquqiy holati qonunlarining, xususan Bosh Qonunining mukammalligi bilan belgilanadi. Mamlakatimiz konstitutsiyasiga kiritilgan so‘nggi o‘zgartirish va qo‘shimchalar qabul qilinayotgan qonunosti hujjatlarning
aktualligini belgilab berish bilan birgalikda, jamiyatda demokratik tamoyillarning mustahkamlanishiga ham zamin yaratadi.

Axborot xizmati



