01/12/2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishni o‘tkazish to‘g‘risida» 2025-yil 19-sentabrdagi PF-173-son Farmoni ijrosini ta’minlash bo‘yicha viloyatimizdagi korxona va tashkilotlarda, ta’lim muassasalarida o‘quv-seminarlari tashkil etilmoqda.

Bunda asosiy e’tibor aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning asosiy mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish orqali, aholining ro‘yxatga olish dasturi bilan ishlash tartibi, savolnomalarni to‘ldirish, bunda axborot tizimidan samarali foydalanish bo‘yicha zarur nazariy va amaliy ma’lumotlarga ega bo‘lishiga qaratilmoqda.

 

Axborot xizmati