Viloyatimizda joriy yilning yanvar-sentabr oylarida jami hajmi 3,7 trln so‘mlik moliyaviy xizmatlar ko‘rsatildi.
O‘sish sur’ati 2024- yilning tegishli davriga nisbatan 122,3 % ni tashkil etdi.
Ushbu turdagi xizmatlarning umumiy hajmida Urganch shahrining ulushi 62,2 % yoki 2,3 trln so‘mni tashkil etdi.
Hududda moliyaviy xizmatlarning o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 125,0 % darajada qayd etildi.

Axborot xizmati



