Joriy yilning 23- oktabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.
Tadbir Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VMQ-629-sonli qaroriga asosan barcha aholi uchun ochiq muloqot maydonini yaratish, ro‘yxatga olishning ahamiyati, axborot xavfsizligi masalalari bo‘yicha fuqarolarga atroflicha ma’lumot berish maqsadida tashkil etildi.
“Ochiq eshiklar kuni” doirasida ro‘yxatga olish savolnomasining tuzilishi, savollar tarkibi, ro‘yxatdan o‘tish tartibi bo‘yicha to‘liq ma’lumot berildi va jarayon amaliy namoyish etildi.
Ochiq muloqot, o‘zaro munozara shaklida tashkil etilgan tadbirda boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari U.Bardiyev ro‘yxatga olish savolnomasi yuzasidan ishtirokchilarning barcha savollariga batafsil javob berib bordi.


Axborot xizmati



