23/10/2025

Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida viloyat bo‘yicha umumiy hajmi 4,4 trln so‘mlik transport xizmatlari ko‘rsatildi.

Bu jami bozor xizmatlarining 17,7 % ulushini tashkil qiladi.

2024-yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan  transport xizmatlari hajmi 18,7 % ga o‘sdi.

Transport xizmatlarining 3,7 trln so‘mi ( 84,1 % ulushi) avtotransport xizmatlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

 

Axborot xizmati