26/06/2023

2023-yil yanvar-aprel oylarida respublikamizda transport xizmatlari umumiy hajmida avtomobil transporti xizmatlarining ulushi 46,6 % ni tashkil etdi. Transport xizmatlarida havo transporti orqali koʻrsatilgan yuk va yoʻlovchilarni tashish boʻyicha xizmatlarning ulushi 14,0 %. Quvur yoʻli orqali koʻrsatilgan transport xizmatlarining hajmi 18,1 % ni tashkil etdi. Oʻz navbatida, transport xizmatlari umumiy hajmida temir yoʻl transporti orqali koʻrsatilgan xizmatlar 11,0 % ga yetdi. Yordamchi transport faoliyati esa – 10,3 % koʻrsatkich qayd etildi.

 

Matbuot xizmati